Millat Lisoniy Portretining Assotsiatsiyalarda Aks Etishi
Abstrak
Ushbu maqolada o‘zbek xalqi ustida o‘tkazilgan assotsiativ tajriba asosida o‘zbek tili egalarining o‘z xalqi haqidagi qarashlari, bilim va tasavvurlarini aks ettiruvchi javob reaksiyalarini aniqlash hamda ushbu javob reaksiyalari asosida til egalari ongida aks etgan o‘zbek millatining obraz-qiyofasi – lisoniy portretiga tavsif berish maqsad qilindi. Maqolani yoritishda assotsiativ tajriba metodidan foydalanildi. Assotsiativ tajriba O‘zbekistonning turli viloyatlarida yashaydigan 18-26 yoshlardagi oliy o‘quv yurti talabalari (300 ta) hamda 30-74 yoshlardagi pedagoglar jamoasi (73 ta) ustida o‘tkazildi. Tajriba uchun o‘zbek leksemasi tanlandi. Tajriba materiallari asosida o‘zbek leksemasi assotsiativ maydoni hosil qilinib, undan o‘rin olgan assotsiatsiyalarning nisbati belgilandi; takror, yakka va turli javob reaksiyalari farqlandi. Ushbu javob reaksiyalari mavzuviy guruhlarga ajratilib, ularning o‘zbek xalqi obraz-qiyofasini turli tomondan tasvirlashga xizmat qilishi asoslab berildi.
Topik & Kata Kunci
Penulis (1)
Durdona Lutfullayeva
Akses Cepat
- Tahun Terbit
- 2025
- Sumber Database
- DOAJ
- DOI
- 10.62425/ctdal.1679288
- Akses
- Open Access ✓